У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda qurilayotgan “Anhor-Lokomotiv” parki 1-avgustda ochiladi

calendar 03.07.2016
2789

Toshkentda 1-avgust kuni yangi — “Anhor-Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘i foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Parkning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri — unda O‘zbekistondagi eng yirik, umumiy maydoni 12 ming kvadrat metrga teng kartodrom faoliyat olib borishidir.

Bog‘ning yozgi maydonida film namoyishlari, bayram konsertlari va ko‘ngilochar tadbirlar uyushtiriladi.

Bog‘ hududida hajmi 1810 metr kvadratga teng sun’iy hovuz ham quriladi. Unda retro-avtomobil ko‘rinishidagi katamaran va elektr-qayiqlarda suzish mumkin bo‘ladi.

Яндекс.Метрика