У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda quvvatlantirish qurilmalari bilan jihozlangan yangi bekatlar soni 200taga etkaziladi

calendar 31.05.2016
1951

Toshkent shahrida mobil telefonlarini quvvatlantirish qurilmalari bilan jihozlangan yangi avtobus bekatlari qurilishi rejalashtirilmoqda.

CDecaux UZ kompaniyasi (Tashqi reklama bozorida dunyodagi etakchi kompaniyalardan birining filiali) iyun oyida Oloy bozori hududida 4ta shunday bekat o'rnatishni maqsad qilgan.

O'zbekiston poytaxtidagi birinchi shunday bekat aprel oyida «Oybek» metro bekati yaqinida o'rnatilgandi. Bu bekatlar nafaqat quvvatlantiruvchi qurilma, balki USB-port bilan ham jihozlanishi ko'zda tutilgan.

«Biz yo'lovchilar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratilganidan mamnunmiz», deya JCDecaux UZ tijoriy direktori Sanjar Yuldashevning so'zlarini keltiradi «Gazeta.uz» nashri.

Kompaniya tomonidan ma'lum qilinishicha, barcha ham bu o'zgarishlarga xolis munosabatda bo'lmayapti. Jumladan, «Oybek» metrosi yaqinidagi bekatga o'rnatilgan qurilma teg-tugi bilan qo'porilib ketilgan va bu bekatga yangi qurilma o'rnatishga to'g'ri kelgan.

Qayd etilishicha, shahardagi boshqa bekatlarda ham shisha panellarga chizib ketish va reklama tasvirlarini bo'yab tashlash, yirtish holatlari kuzatilgan.

Bugungi kunda JCDecaux UZ Toshkent shahri hokimligi bilan shartnomaga asosan shaharda 193ta bekat o'rnatgan. Ular uchun jihozlar Frantsiyada ishlab chiqariladi, bekatlar faqat joyida yig'iladi. Bunday bekatlar soni 200taga etkaziladi.

Hozirda O'zbekiston poytaxtidagi jamoat transporti bekatlari soni 1250dan ortiqni tashkil qiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, JCDecaux Uz kompaniyasining oynali bekatlarining har biri qiymati o'rtacha 40 million so'mga to'g'ri keladi.

Яндекс.Метрика