У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda Redmi Note 4 smartfoni 1,65 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

calendar 28.11.2016
1514

O‘zbekistonda Xiaomi kompaniyasining Redmi Note 4 smartfoni — Redmi Note 3 modelining yangilangan versiyasi sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Yangi qurilma 5,5 dyuymli Full HD-displey va plastik detallari bo‘lmagan to‘liq metall korpusi bilan farqlanadi.

Telefonning pastki qirrasida bir juft dinamiklar, orqa tomonida 13 megapikselli kamera joylashgan, u barmoq izi skaneri bilan uyg‘unlashib ketgan. Smartfon “kapoti ostida” esa 10 yadroli MediaTek Helio X20 protsessori, 4100 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 2 Gb tezkor va 16 Gb doimiy xotira bor.

Toshkentning “Fleshka” savdo majmuasida Redmi Note 4 1 650 000 so‘mga taklif qilinmoqda. Taqqoslash uchun, Redmi Note 3’ni hozir 1 115 000 so‘mga xarid qilish mumkin.

Яндекс.Метрика