У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda shahrida muqobil televideniye efiri to'xtatildi

calendar 16.07.2018
1093

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi «Raqamli teleeshittirishlarga o'tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to'xtatishga doir amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga binoan Toshkent shahrida 15 iyuldan boshlab yangi rusumdagi televizori yo'q yoki televizorga ulanadigan qo'shimcha qurilmaga (tyuner) ega bo'lmagan oilalar analog televideniyeni kuzatish imkonidan mahrum bo'ldi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasi qarorida O'zbekistonda yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to'xtatish jadvali tasdiqlangan bo'lib, unga binoan 2018 yilning 5 dekabriga qadar muqobil formatdagi teleeshittirishlar to'xtatilishi belgilangan. Ushbu jadval asosida 2018- yilning 15 yanvaridan Farg'ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida muqobil formatdagi teledasturlar efiri to'liq to'xtatilgan edi.

Sirdaryo viloyatida 15 apreldan, Jizzaxda 15 maydan, Samarqandda 1- iyundan, Buxoro va Navoiyda 15 iyundan, Xorazmda 1 iyuldan to'xtatilgan.

Hozirda faqat Qoraqalpog'iston respublikasi (10 sentabrgacha) hamda Qashqadaryo (5 dekabrgacha) va Surxondaryo (5 noyabrgacha) viloyatlarida analog televideniyeni ko'rish imkoniyati saqlanib qolmoqda.

2018 yilning dekabr oyida so'nggi analog uzatgichlar o'chirilishi bilan O'zbekiston raqamli televideniyega to'liq o'tgan davlatlar qatoriga qo'shiladi.

Яндекс.Метрика