У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda Sony Xperia C4 smartfoni 1,7 mln so‘mdan sotila boshladi

calendar 29.02.2016
964

O‘zbekistonda Sony Mobile kompaniyasining yangi — Xperia C4 smartfoni sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Kompaniya uni o‘rta darajadagi smartfon sifatida taqdim etgan bo‘lsa-da, u old kamerasining ilg‘or imkoniyatlari orqali ajralib turadi.

 

Xperia C4 5,5 dyuymli 1920×1080 pikselli IPS-displey, sakkiz yadroli MediaTek MT6752 protsessori, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+microSD), 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 2600 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Old fotomodul Exmor R tasvir datchigi va keng burchakli obyektiv (25 mm) bilan farqlanadi. Sony Xperia C4 selfi-smartfon deya ta’riflanadi. Old kamera yonida LED-vspishka bo‘lib, u yumshoq tarzda biroz yorug‘lik beradi.

Qurilma Android 5.0 operatsion tizimida ishlaydi.

Sony Xperia C4’ni Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida 1,7 million so‘mga sotib olish mumkin.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Yoshlar.Com” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

Яндекс.Метрика