У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda Sony Xperia Z5 Premium smartfoni 4,2 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

calendar 20.01.2016
1598

O‘zbekistonda 3840×2160 pikselli 4K ekraniga ega birinchi mobil qurilma — Sony Xperia Z5 Premium smartfoni sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Telefon kamerasidagi tezkor avtofokus (0,03 soniya) bilan ham maqtana oladi.

Qurilma korpusi po‘lat rom bilan hoshiyalangan bo‘lib, qora rangda. Korpus IP65/68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan. Smartfon, shuingdek, barmoq izi skaneri bilan jihozlangan.

Sony Xperia Z5 Premium 23 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, Snapdragon 810 protsessori, 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotiraga ega. U Android 5.1 operatsion tizimida ishlaydi. Batareyasi sig‘imi 3430 mA/s ni tashkil etadi.

Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida Sony Xperia Z5 Premium 4,2 million so‘mga taklif qilinmoqda.

Яндекс.Метрика