У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda tramvay yo‘lida qoldirib ketilgan Cobalt tramvay harakatini to‘xtatib qo‘ydi

calendar 15.09.2015
1749

Toshkentning Oqtepa maydoni hududida Cobalt avtomobili tramvay yo‘lida qoldirib ketildi. Bu haqda Facebook’dagi "Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabar berdi.
Postga ilova qilingan rasmda Cobalt avtomobil yo‘li chetida, tramvay yo‘lining yarmini egallagan holda turganini, uning ortida 8-raqamli tramvay to‘xtab qolganini ko‘rish mumkin.
Foydalanuvchilarning ba’zilari mashinaning benzini tugaganini, boshqalar esa haydovchi bu yerdan tramvay o‘tishidan bexabar bo‘lganini taxmin qildi. Ko‘pchilik Cobalt egasini mumkin bo‘lmagan joyga to‘xtagani va jamoat transporti harakatini to‘xtatib qo‘ygani uchun farosatsizlikda aybladi.
Яндекс.Метрика