У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda UnionPay International kartalariga xizmat ko‘rsatish boshlandi

calendar 16.06.2016
989

Yagona umumrespublika protsessing markazi Toshkentdagi savdo va servis korxonalarida UnionPay xalqaro kartochkalari ekvayringini (tovar va xizmatlar uchun to‘lov vositasi sifatida qabul qilish) ishga tushirdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, “Toshkent” univermagida UnionPay International kartasi yordamida birinchi tranzaksiya amalga oshirildi.

Savdo markazlaridagi POS-terminallarda UnionPay International kartalarini qabul qiluvchi dasturiy ta’minot o‘rnatildi. Kelgusida www.uzcard.uz saytida ushbu kartalarga xizmat ko‘rsatadigan terminallar ro‘yxatini joylashtirish ko‘zda tutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, UnionPay International yirik va jadal rivojlanayotgan Xitoy to‘lov tizimi bo‘lib, bugungi kunda dunyo bo‘ylab 3,5 milliarddan ortiq kartochkalari emissiya qilingan. UnionPay kartochkalariga dunyoning 143 mamlakatida 1 milliondan ortiq bankomat xizmat ko‘rsatadi.

Яндекс.Метрика