У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda “Yakkasaroy” masjidi qayta ta’mirlandi

calendar 18.09.2016
1956

Toshkentda 100 yillik tarixga ega “Yakkasaroy” masjidining kapital ta’mir ishlari yakunlandi. 16-sentabr kuni uning yangilangan binosida birinchi juma namozi o‘qildi,deb xabar beradi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.

Endilikda masjidga ming kishi to‘planishi mumkin. 23 metr balandlikdagi gumbazli bino minoraga ega. Uning eshik va derazalariga milliy uslubda naqsh berilgan. Bino gumbazining tashqari tomondan balandligi yuqorisidagi oy ramzi bo‘yi bilan 28 metrga, minoraning balandligi esa 31.5 metrni tashkil etadi. Xonaqohga uchta sharqona uslubda ko‘tarilgan arka orqali kiriladi.

Tahoratxona binosi ham sharqona uslubda bezatilgan. Masjid hovlisida namoz saflari to’g’ri olinishiga yordam beruvchi chiziqlar yotqizilgan.

 

Яндекс.Метрика