У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda yana bir masjid barpo etilishi boshlandi

calendar 03.12.2017
1090

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi yana bir masjid qayta ta`mirlanib, uning yangi binosiga birinchi g'isht qo'yildi. Bu haqda O'zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Toshkent shahrining Fayziobod mahallasida joylashgan “Valixo'ja o'g'li Norxo'ja” jome masjidi dastlab 1962 yilda qurilgan. Sobiq ittifoq davrida masjid deyarli faoliyat yuritmagan. 1991-1992 yillarda Fayziobod mahallasida istiqomat qilgan Valixo'ja o'g'li Norxo'ja hojining xayrli tashabbusi hamda mahalla ahli va faollari ishtirokida hashar yo'li bilan qayta tiklanib, ta`mirlangan. 1997-yilda masjidga “Valixo'ja o'g'li Norxo'ja” jome masjidi nomi berilgan. 1999-yildan jome masjid sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.

'tgan davr mobaynida masjid binosi eskirganligi, bugunda ta`mirtalab holga kelib qolganligi tufayli mahalla ahli ezgu niyat bilan masjidni qayta qurish taklifini olg'a surishdi. Va bu xayrli tashabbus qo'llab-quvvatlangach, shu yilning avgust oyida qayta qurish ishlari boshlab yuborilgan edi.

 

Яндекс.Метрика