У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi

calendar 19.10.2017
1428

O‘zbekistonda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari birinchi bosqichda faqat avtomaktablarning bitiruvchilariga beriladi. Bu haqda, Toshkent shahar IIBB axborotiga asoslanib, “Kommersant.uz” xabar bermoqda.

Toshkent shahrida birinchi bosqichda avtomaktablarning bitiruvchilari yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini Fayzobod dahasidagi Mirobod tuman Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) imtihon-ro‘yxatga olish bo‘limida oladi.

Ikkinchi bosqichda Yunusobod va Chilonzor tumanlaridagi YHXB bo‘limlarini ham maxsus uskunalar bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Shundan so‘ng yangi namunadagi haydovchilarini berish ommaviy tartibga o‘tadi.

“Kommersant.uz”ning yozishicha, Fayzoboddagi yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi.

O‘zbekiston hukumatining 2-martdagi qaroriga ko‘ra, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarining berilishi butun mamlakat bo‘ylab 1-oktabrdan boshlanishi lozim edi. Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi berilgan kundan boshlab 10 yil muddatga beriladi.

Яндекс.Метрика