У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda yangi universitet ochildi

calendar 20.02.2015
10619

19 fevral kuni Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazida Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti (BelDU MTU) taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimot doirasida universitet vakillari abiturientlarga universitet hayoti haqidagi videolavhani namoyish etdi va 2015/2016 o'quv yili uchun hujjat qabul qilish qoida va muddatlari bilan tanishtirdi. Ma'lumot uchun, Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti Rossiya OTMlari orasida etakchi tadqiqot universiteti hisoblanadi. Hamda BRHXA (ruscha BRIKS, inglizcha BRICS —Brazil, Russia, India, China, South Africa qisqartmalari) — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, JAR mamlakatlaridan iborat guruh) OTMlarining 200 ta eng yaxshi universitetlariga kiritilgan.
Яндекс.Метрика