У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda yo'l qoidasini buzgan PPX brigadasi xodimi jarimaga tortildi

calendar 19.03.2018
1328

So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilardan biri tomonidan piyodalar o'tish joyida to'xtab turgan “Neksiya” rusumli patrul avtomobili fotosurati aks ettirilgan edi.

Shahar IIBBning ma`lum qilishicha, ushbu xabar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borildi. Yo'l harakati qoidasini buzgan patrul post brigadasi haydovchi xodimi 1987 yilda tug'ilgan S.K.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 1286-1 moddasiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida (bugungi kunda - besh yuz o'n olti ming yetti yuz yigirma so'm) jarima tayinlandi.

«Sodir etilgan yoki sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan tegishli choralar ko'rilmagan taqdirda, xodimlar tomonidan qonunchilik, xizmat intizomini buzilishi holatlari aniqlanganda, amaldagi qonunchilikda belgilangan jazo choralari ko'riladi. Shuningdek, xar bir ichki ishlar idoralari xodimi sodir etgan xatti-harakati uchun fuqarolar bilan teng huquqlilik asosida ma`muriy va jinoiy javobgarlikka tortilib bu haqida ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishini ma`lum qilamiz.

Hurmatli fuqarolar, fuqarolik faolligingiz uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar to'g'risidagi bergan xabaringizga asosan qonuniy choralar ko'riladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda o'z fikrlaringizni qoldirganingizda, axloq-odob qoidalariga rioya qilishingizni so'raymiz.

Яндекс.Метрика