У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentdaga xonadondan pul o'marib ketgan o'g'ri qo'lga olindi

calendar 07.10.2015
2124

Toshkentning chekkasidagi xonadonlardan biriga o'g'rilikka tushib, ko'p miqdorda pul olib chiqib ketgan jinoyatchi qo'lga olindi. Bu haqda "Na postu” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, o'g'ri Ilya Makasin ilgari santexnik bo'lib ishlagan. Faoliyati davomida atrofdagi ko'plab xonadonlardagi vaziyat haqida ma'lumot to'plashga muvaffaq bo'lgan. So'ng ishdan bo'shab, o'zi eng boy deb topgan xonadonlarga o'g'rilikka tushishni rejalashtirgan.
Ta'kidlanishicha, Makasin o'z rejasidagi birinchi o'g'rilikni amalga oshirishga ulgurgan, xolos. Oradan bir necha kun o'tib, u militsiya tomonidan qo'lga olingan.
Яндекс.Метрика