Toshkentdagi Botanika bog‘i 9-maygacha yopildi


Toshkentdagi Botanika bog‘i 9-maygacha yopildi, deya xabar bermoqda Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi a’zolari.

Ta’kidlanishicha, u yerda 9-mayga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Yo‘laklar ta’mirlanmoqda, ba’zi o‘simliklar qayta ekilmoqda. Qurilish ishlari boshlangan vaqtda bog‘ ochiq bo‘lgan, ammo keyinroq xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtinchalik yopishga qaror qilingan.

Shuningdek, qurib qolgan ko‘l hududida ham qurilish ishlari bormoqda. U yerga o‘rindiqlar va sahna o‘rnatiladi.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!