У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentdagi Oloy va Mirobod bozorlari ta’mirlanadi

calendar 28.02.2016
1006

Yaqin kunlarda Toshkent shahridagi Oloy va Mirobod bozorlarida ta’mirlash ishlari boshlanadi. Bu haqda “Toshbozorsavdo” uyushmasi rahbari Sohibjon Ne’matullayev ma’lum qildi, deya xabar beradi UZ24.

Ta’kidlanishicha, Oloy bozori to‘liq qayta quriladi, savdo nuqtalarining joylashuvi ixchamlashadi. Bir necha savdo hududlari o‘rnida bittasi faoliyat yuritadi va unda kerakli barcha oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni topish mumkin bo‘ladi. Mirobod bozorida ham qurilish-ta’mir ishlari boshlanadi, bu yerda binoning fasad va boshqa qismlari yangilanadi.

Ikkala bozorni ta’mirlashga 15 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflanadi. Barcha ishlar Mustaqillik bayramiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Яндекс.Метрика