У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalariga ehtiyojdan 400—600 tonna ko‘p benzin yetkazib berilayotgani ma’lum qilindi

calendar 27.12.2015
866

Keyingi paytda poytaxtda yana benzinga navbat ko‘paydi. Vaholanki, aholi ehtiyoji o‘rtacha 1200 tonna bo‘lgani holda, Toshkentdagi yoqilg‘i quyish shaxobchalariga kuniga 1600—1800 tonna benzin yetkazib berilmoqda. Bu haqda “O‘zdavneftgazinspeksiya” Toshkent shahar hududiy bo‘limi bosh texnologi Umidjon To‘layev ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

             

Uning ta’kidlashicha, shoxobchalar xodimlari benzinni faqat avtomobil baklariga to‘ldirish va gaz jihozi o‘rnatilgan mashinalarga to‘la quyib bermaslik (gaz quyish shoxobchasiga yetib olishga yetgulik darajada) borasida ogohlantirilgan.

Shartnoma kelishuvlarini buzgan va kamchiliklari aniqlangan Toshkentdagi ayrim shoxobchalarga benzin yetkazib berish 10 kun muddatga to‘xtatilgan.

Яндекс.Метрика