У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentdan chiqish yo'llari to'silgan: Xavfli shaxs qidirilmoqda

calendar 21.11.2017
3377

20 noyabr kunining ikkinchi yarmida Toshkent shahridan chiqishdagi barcha postlarda, shaharga kirish va shahardan chiqish yo'nalishlaridagi postlarda («Eshonguzar», «Erkin», «Keles», «Bardanko'l») tekshiruv kuchaytirildi, kunning ma`lum vaqtida postlar yopib qo'yildi. 

Soat 19:00 atrofida Toshkentdan Yangiyo'lga qatnovchi marshrutkalar qatnovni to'xtatgan, odatda bu yo'nalishda qatnov kechqurungi soat 21:00 gacha, - Isuzu (297, 300), Gazel, Istana (224, 300) rusumli avtomobillar vositasida amalga oshirilardi. 

Natijada bekatlarda o'nlab kishilar to'planib qolgan, yo'lovchilarni yo'l-yo'lakay tashuvchi taksilar narxlarni ikki barobar (3000 so'mdan 6000 so'mga) oshirgan.

«Eshonguzar» va «Erkin» postlarida shahardan chiqish yo'nalishida katta tirbandliklar yuzaga kelgan - 700-800 metrgacha. Postlarda barcha chiroqlar yoqilgan, har bir avtomobilning har bir yo'lovchisi sinchiklab tekshirilmoqda.

Bunga bugun 20 noyabr kuni Olmazor tumanidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketgan muqaddam sudlangan uch bemorning uchinchisini qidirish ishlari sabab bo'lgani taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, bu borada rasmiy izoh berilmagani uchun holatning boshqa sabablari bo'lishi mumkinligi ham istisno etilmaydi.

Яндекс.Метрика