У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentlik nurlisiymo ayol haqida hotira

calendar 07.08.2016
1638

“Yahshilik nur keltirar, yomonlik — zulmat”, deganlaridek ayrim insonlarning qilgan yahshiliklari bir umr yodimizdan ko'tarilmaydi. Tanishim Rustam aka Zuhra hola haqida yozishimni iltimos qildi va ular haqida gapirib berdi...

“Zuhra hola vafot etibdi”, degan shumhabarni eshitgan inson zoti borki, ularnikiga oshiqdi. “Essiz, shunday jannati ayol ham o'ladimi”, deya hatto erkaklar ham ko'z yoshi qilib olishdi. So'ngra Zuhra holani so'nggi manzilga qo'yib kelishdi. Ammo bu honadonga haligacha ayani eslab, uzoq-uzoqlardan odamlar kelib turishadi. Buni men o'z ko'zim bilan ko'rganligim uchun aytayapman. 

Zuhra hola poytahtimizning Yunusobod tumani, Abdurahmon Jomiy mahallasida yashardi. Ayaning olamdan o'tganini eshitib, Qoraqalpog'istonning Mang'it tumanidan kelishga imkonim bo'lmagandi.  Kech bo'lsada, ularning ruhi poklariga Qur`on tilovat qilib ketay, deya bu honadonga bosh urdim. Zuhra holaning qilgan yahshiliklari, biz musofirlarga qilgan onalarcha mehribonliklari, g'amho'rliklari esimga tushib ketdi...

O'shanda biz o'ntacha yigit Po'lat va Farhod aka brigardirligida ish izlab, Toshkentga keldik. Bizlar uy qurilishi bilan shug'ullanardik.

Kunlarning birida bizga olijanob inson uchradi. Unikida uch yil mehnat qildik. Ularning devor-darmiyon qo'shnisi Zuhra hola bu Yerga kelgan kunimizning ertasigayoq bir tog'ora osh damlab chiqib bizlarni lol qoldirgandi.

“Ukalarim, bolalarim, sizlar ham mening farzandlarimdek insonsizlar. Yo'q demasdan mana shu palovni Yeb olinglar. Ahir hamma joyda ham musofirning haqi bo'ladi. Menga esa savob kerak. Uyalmanglar, Yenglar. Ko'ra bila turib musofirlarga bir tovoq osh berolmasam, nima qilib yuribman bu dunyoda?”, dedi.

Farishtadek bo'lib turgan bu ayolning gaplarini eshitib ko'zlarimizdan yosh tirqirab ketdi. Chunki bizlarni ham inson deb qadrlaydigan odamlar, onalar borligiga iymon keltirdik. Zuhra hola tog'arasini so'riga qo'yib ketgach, barchamiz ishtaha bilan Yeng shimarib, ularni duo qilib, palovni paqqos tushirdik.

Shundan so'ng ham Zuhra hola har kuni bizlarga nimalarnidir ilinib olib chiqadigan bo'ldi. Bizlar bu ayolni huddi onamizdek yahshi ko'rib qoldik.

Kuz faslida Zuhra holaning darvozasi oldiga ekilgan yong'og'i pishdi. Bizning yigitlarimiz shu yong'oqqa ahyon-ahyonda qo'l cho'zadigan bo'lishdi. 
Bir kuni hola bizning oldimizga ikki chelak yong'oqni “Yenglar, quvvat bo'ladi”, deb tashlab ketdi. Yong'oq o'g'irlaganimizda hijolat bo'lib, holaning ko'zlariga ancha vaqtgacha qaray olmadik. 

Bir kuni oramizdagi sho'h-shaddodgina yigitimiz Ulug'bek Zuhra holaning hovlisida g'arq bo'lib pishgan, sap-sariq tillodek tovlanib turgan hurmosiga havasi ketibdi. Holadan so'rab olishga iymanib, o'zicha “Hech kim ko'rmaydi. To'rt-beshtasini olsam nima qilibdi? Kamayib qolarmidi?”, deb o'ylabdi-da, sekin tomdan oshib, hurmo darahtiga chiqibdi.

Buni behosdan Zuhra hola ko'rib qolibdi. Biroq indamabdi. Ulug'bek shosha-pisha qo'yniga besh-o'nta hurmoni solib, yana tomga chiqib ketibdi. 

O'sha kuni biz Ulug'bekni rosa koyidik. U bo'lsa nuqul “Nima qilibdi? Ahir meni hech kim ko'rmadiku?”, deya bizdan ranjidi.

Ertasi kuni Zuhra hola ikki chelak hurmo ko'tarib chiqdi. Hayron bo'ldik.

— Ukalarim, bolalarim, mana shu hurmoni Yenglar. Hohlasanglar uylaringga ham bervoringlar. Men mingdan-ming roziman. Kecha deraza yonida hayol surib o'tirgandim. Bir yigitlaringni hurmoga osilayotganini ko'rdim. Hovliga chiqsam, u meni ko'rib qolib, qochaman, deya shoshilib, darahtdan qulab tushib, biror joyi lat Yemasin, deya o'rnimdan turmadim. Ichimda “Ey Hudo, shu yigit hurmodan yiqilib tushmasin, biror joyi sinmasin”, deya iltijo qildim. Hayriyat yigitcha epchilgina ekan, bir amallab yana tomga chiqib ketdi. Keyin o'ylanib qoldim. Ertaga yana ularning hurmo Yegisi kelib qolsa, darahtga chiqsa, yiqilib tushib, et-beti sinmasin. Shuning uchun o'zim vaqtliroq ularga hurmoni bera qolay, deya tongda bolalarimga aytib, uni uzdirdim. Mana endi ko'nglim hotirjam bo'ldi,  — deya Zuhra hola bizni yana lol qoldirib uyiga chiqib ketdi.

Men Toshkentga kelib, Zuhra holadek jannati ayolni bir marotaba uchratdim. Bunday ayolga boshim Yerga tekkuncha ta`zim qilaman. Iloyo joylari jannatdan bo'lib, qabrlari nurga to'lsin. Donishmandlarimiz “Mol va boylikning umri qisqa, tezda zavol topadi. Ammo yahshi nom uzoq asrlar o'lmay yashaydi” degan ekan. Bizning Zuhra holamiz ham dilimizda hamon yashaydi. Aya doimo bizga

“Qaniydi, juma kuni parvardigorning omonatini topshirsam”, derdi.
Bu gapga farishtalar “omin” deyishgan ekan chog'i, Zuhra holamiz juma kuni olamdan o'tdi.

Mashoyihlarimiz bejizga “Sen “yahshi” degan nomdan imorat tiklashga urin, to odamlar bu imorat devoriga nomingni “Yahshi“ deb yozib qo'yishsin” deyishmagan.

Zuhra holam allaqachanoq bunday imoratni qad ko'targan zotlardan biridir. Bugungi kunda ularning bunday olijanob ishlarini o'g'li Shoyusuf aka davom ettirayapti.

Honbibi HIMMAT qizi

Яндекс.Метрика