У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentlik oshiqlar bir qizni behayo rasmlarini tarqatish bilan shantaj qilishdi

calendar 29.08.2015
3624

Toshkentda istiqomat qiluvchi 22 yoshli Bobur Tolipov o'zining tengdoshi Nargiza Olimovadan shantaj yo'li bilan 3 ming dollar undirishga harakat qildi. "Huquq” nashrining yozishicha, bu ishda u o'ziga sevgan qizi, 19 yoshli Sitora Mardievani ham sherik qildi.
Tolipov Olimova bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishib, bir muddat u bilan gaplashib yurgan. Ammo qizning onasi bu munosabatlarga to'sqinlik qilgan. Bundan jahli chiqqan Bobur navbatdagi ma'shuqasi Sitora bilan qasos olish rejasini tuzgan.
Sheriklar Nargiza Olimovaning Boburning telefonida saqlanib qolgan behayo suratlaridan bir nechtasini chiqartirib, konvertga solib qizning onasiga yuborishgan. Agarda ayol tez kunda 3 ming dollar topmasa, bu rasmlar internetga tarqatilishini aytib tahdid qilishgan. Noiloj qolgan ona IIBBga murojaat qilgan.
Shantajchilar Olimovadan 100 dollar olayotganida qo'lga olindi. Sud hukmi bilan Bobur Tolipov 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Яндекс.Метрика