У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentning elektron xaritasi Yangi yil arafasida yangilandi

calendar 21.12.2016
2711


Toshkentning shaxsiy kompyuterlar va mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan “Moy gorod” (“Mening shahrim”) elektron xaritasi yangilandi, deya xabar bermoqda Norma.

Dasturda Toshkentning umumiy planida bayramga atab o‘rnatiladigan joylarda bir nechta Yangi yil archalarini ko‘rish mumkin.

Tashkilotlar katalogi “Chegirmalar shahri” dasturining yangi ishtirokchilari bilan to‘ldi. Toshkent xaritasida yaqinda ochilgan muassasalar paydo bo‘ldi. Ular orasida Sergeli dahasidagi Mediapark, L’Occitane hamda Señor&Señorita do‘konlari va boshqa restoran va tashkilotlar bor.

20 dan ortiq tashkilot boshqa joyga ko‘chgani uchun xaritada yangi manzil bo‘yicha ko‘rsatilgan.

Shahar transporti yo‘nalishlarida ham ko‘p o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, dasturda yangi 7A va 7B avtobus yo‘nalishlari paydo bo‘ldi, 27, 32, 78, 96, 132-avtobuslar va 125m yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari o‘zgartirildi.

Яндекс.Метрика