У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentning har bir tumanida 10 tadan basseyn quriladi

calendar 12.01.2018
918

2018-2025 yillarda Toshkentning har bir tumanida energiya tejaydigan tizimlar bilan jihozlangan 10 tadan basseyn quriladi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5 yanvardagi qarorida aytilgan.

O'zbekiston hukumati «Toshkent shahrida basseynlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» qaror chiqardi.

Hujjatga ko'ra, 2018 yilning 1 fevralidan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan basseynlarda sog'lomlashtirish guruhlarida shug'ullanish uchun olinadigan to'lov miqdorlari ham tasdiqlandi.

Ta`kidlanishicha, basseynlarga kirish va o'tish joylarida videokuzatuv vositalari hamda turniketlar o'rnatiladi.

Яндекс.Метрика