У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentning Nukus ko‘chasidagi ayrim turar va noturar binolar buzilishi ma’lum qilindi

calendar 21.01.2016
1273

Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov poytaxtning Yakkasaroy tumani, Nukus ko‘chasidagi ayrim turar va noturar joylarni buzish hamda obodonlashtirish ishlarini olib borish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Buzilayotgan binolarni baholashni “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi amalga oshiradi. Tegishli komissiya mazkur binolar egalariga kompensatsiya to‘lash yuzasidan xulosani taqdim etadi. Xulosa olinganidan so‘ng binolarni buzishga kirishiladi, obodonlashtirish ishlari esa boshlab yuborilgan.

Yakkasaroy tuman hokimligiga binolar egalari bilan birgalikda buzish ishlarini tashkil etish, shuningdek, hududni chiqindilardan tozalash topshirildi.

Яндекс.Метрика