У нас есть только
оригинальные песни

Totti "Roma" bilan yangi shartnoma imzoladi

calendar 08.06.2016
955

Italiyaning "Roma" klubi sardori Franchesko Totti klub bilan 2016/17 yillardagi mavsum oxirigacha yangi kelishuv imzoladi. Tottining avvalgi shartnomasi muddati 30 iyunda tugayotgan edi.

Kelishuvning moliyaviy shartlari oshkor qilinmagan.

"Men bu shartnomani juda xohlagandim. Bu orzuimning amalga oshishidir. Men doimo faoliyatimni "Roma" futbolkasida yakunlashni istardim", deb izoh berdi Totti.

O'tgan mavsum davomida 39 yoshli hujumchi bilan bosh murabbiy Luchano Spalletti orasida tushunmovchilik yuzaga kelgan. O'yinchi unga taqdim qilinayotgan o'yin vaqti miqdoridan norozilik bildirib, mavsum tugagach faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytgandi.

Totti "Roma" safida 1993 yildan beri to'p surib keladi. Futbolchi klub uchun 700 dan ko'proq o'yin o'tkazgan va 300 ga yaqin to'p urgan. U klub bilan Italiya chempioni bo'lgan, ikki martadan milliy kubok va superkuboklarni yutgan. U o'tgan mavsumda 15 ta o'yin o'tkazib, 5 ta to'p muallifiga aylangan.

Totti Italiya terma jamoasi safida 2006 yilgi jahon chempioni hisoblanadi.

Яндекс.Метрика