У нас есть только
оригинальные песни

Tovuq tuxumi ichida brillant bor ekan

calendar 11.12.2017
2320

Angliyaning Karlayla shahrida yashovchi 39 yoshli Selli Tompson o'zi uchun nonushtaga ikita tuxum qaynatgandi. Ammo maza qilib ovqatlanish o'rniga tuxum chaynayotgan paytda sal bo'lmasa, tishini sindirib olayozdi. Hayron bo'lgancha og'zidagi qattiq narsani olgan ayol uning qirrali olmos ekanini ko'rdi. Tompson xonim murojaat qilgan mutaxassislar qimmatbaho toshni tovuq yutib yuborgani va u g'ayritabiiy holatda organizmdan chiqib ketganini taxmin qilishdi. 
Qizig'i shundaki, Selli bu paytda bo'lg'usi kelin edi. U 41 yoshli Stiven Uorvik bilan turmush qurish arafasida turgandi. 
Tompson bunday kutilmagan topilma uning va bo'lg'usi turmush o'rtog'ining uzoq va baxtli oilaviy hayot kechirishi alomati, ekaniga ishonadi. 
Behudaga brilliant quvonch va baxt-saodat ramzi sanalmaydi. Selli tovuq qo'ygan qimmatbaho tosh bilan bir necha oy muqaddam bo'lg'usi turmush o'rtog'i hadya etgan nikoh uzugini bezatmoqchi. Ayol: «Men hamisha yuqoridan keladigan alomat va beliglarga ishonganman. Taqdirimga ushbu brilliant shunchaki bitilmagan. Ko'rib turibsizki, u juda ko'p emas, ammo bu muhim emas. Biz menga bo'lg'usi turmush o'rtog'im unashtiruv marosimida tuhfa etgan uzukni ushbu tosh bilan bezatmoqchimiz. O'ylaymanki, bu olmos bizning birgalikdagi turmushimizda katta muvaffaqiyat keltiradi», dedi.

Яндекс.Метрика