У нас есть только
оригинальные песни

Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi

calendar 09.09.2018
1894

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoydan olib kiriluvchi mahsulotlariga bojlar kiritilishi mumkinligi sababli narxlar oshishidan xavotir bildirgan Apple kompaniyasiga asosiy ishlab chiqarishni AQShga qaytarishni va hozirdanoq zavodlarni qurishni boshlashni tavsiya qildi.

Avvalroq Apple AQSh hukumatiga Xitoydan keltiriluvchi tovarlarga Tramp tomonidan boj kiritilishi amerikaliklar uchun kompaniyaning ba`zi mahsulotlariga narx oshishiga ta`sir qilishi aytilgan maktubni jo'natgan.

“Xitoyga nisbatan kiritishimiz mumkin bo'lgan katta ko'lamli bojlar sababli Apple mahsulotlari narxi oshishi mumkin. Biroq soliq nol qiymatda bo'lib, boz ustiga soliq imtiyozlari bor bo'ladigan oddiy yechim ham mavjud. O'z mahsulotingizni Xitoyda emas, AQShda ishlab chiqaring. Hozirdanoq zavodlarni qurishni boshlang”, deb yozgan Tramp bunga javoban tvitterda.

Ayni vaqtda Apple AQShda faqat Mac Pro kompyuterlarini ishlab chiqaradi, uning asosiy ishlab chiqarishi mamlakat tashqarisida, jumladan Xitoyda joylashgan. 

Avvalroq Oq uy Xitoyning 200 mlrd dollarlik tovarlari va xizmatlariga 25 foizlik boj kiritishni rejalashtirayotgani ma`lum bo'lgandi. OAV bojlar sentabrda kiritilishini ma`lum qilgan. Tramp aniq sanani ma`lum qilmagan, biroq bu “tez orada” yuz berishini aytgan. 

Яндекс.Метрика