У нас есть только
оригинальные песни

Tramp: AQSh “juda yaqin vaqt ichida” Suriyadan ketishi mumkin

calendar 30.03.2018
932

AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar IShID terrorchilik guruhi tor-mor etilgandan so‘ng Suriyadan ketishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar berdi, deb yozadi“Gazeta.ru”.

“IShIDni o‘ldiramiz, juda yaqin vaqt ichida Suriyani tark etamiz. Bu haqda endi boshqa odamlar g‘amxo‘rlik qilsin. Biz o‘z mamlakatimizga qaytamiz”, — dedi Tramp.

U, shuningdek, IShID egallagan hududlarining 100 foizini yo‘qotishini ta’kidladi.

Яндекс.Метрика