У нас есть только
оригинальные песни

Tramp AQSh qonunlarini “ahmoqona” deb atadi

calendar 01.07.2018
659

AQSh prezidenti Donald Tramp ommaviy noroziliklar ortida yana noqonuniy muhojirlarni sudsiz deportatsiya qilishga chaqirdi va xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish uchun sud qarorini talab qiluvchi AQSh qonunlarini “dunyodagi eng ahmoqona” deb atadi.  

“Odamlar davlatimizga noqonuniy kelganlarida, biz sudsiz ularni darhol ortlariga jo'natishimiz kerak. Bizning qonunlarimiz dunyodagi eng ahmoqona qonunlardir”, deb yozgan Tramp tvitterda

Tramp bu bayonotini uning migratsiya siyosatiga qarshi 30 iyunda AQShning 700dan ko'proq shahrida norozilik namoyishlari o'tgan bir vaqtda bildirgan. Namoyishchilar chegarada noqonuniy muhojirlar oila a`zolarini bir-birlaridan ayirish siyosatiga qarshi chiqmoqdalar. Tramp bu amaliyotni o'tgan haftada bekor qilgandi. Namoyishchilar, shuningdek, muhojirlarning huquqiy himoya qilinishini talab qilishmoqda.  

Яндекс.Метрика