У нас есть только
оригинальные песни

Tramp AQShda moliyaga taalluqli farmonlarni imzoladi

calendar 04.02.2017
1065

AQSh prezidenti Donald Tramp 3 fevralda AQShdagi iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ikkita farmonni imzoladi, ular orasida mamlakatning moliyaviy zaxiralariga kirishni cheklovchi Dodd-Frank qonuniga o'zgartirishlar bor. Farmonlarning imzolanishi jarayonini Oq uydan CNN telekompaniyasi olib borgan.

Dodd-Frank qonunin 2010 yilda qabul qilingan. Qonun 2008-2009 yillardagi moliyaviy inqirozning takrorlanishiga yo'l qo'ymaslikka qaratilgan. Tramp avvalroq bu qonun moliyaviy institutlarga katta tashvish yaratishini va undan u yoki bu holda qutilish kerakligini aytgandi. 

Tramp ikkinchi farmoni bilan Barak Obamaning moliyaviy konsalting haqidagi farmonini bekor qildi. Obama o'tgan yili broker va boshqa moliyaviy maslahatchilardan o'z manfaati yo'lida emas, balki mijoz manfaati yo'lida qat`iy harakat qilish talab qilingan farmonni imzolagandi. Bu farmon 2017 aprelda kuchga kirishi kerak edi. Moliya sohasi vakillari bu farmonni tanqid qilishgan va uning amalga oshirilishi o'nlab milliard dollarga aylanishini ta`kidlashgan.

Яндекс.Метрика