У нас есть только
оригинальные песни

Tramp boylar uchun soliqlarni oshirish rejalarini ma’lum qildi

calendar 09.05.2016
898

AQSh prezidentligi uchun kurashda respublikachilardan yagona nomzod bo‘lib qolgan milliarder Donald Tramp davlat rahbari etib saylangan taqdirda boylar uchun soliqlarni oshirish niyatida. Bu haqda u NBC telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

“O‘rta sinf himoyalangan bo‘lishi lozim. Badavlatlar esa ko‘proq to‘lashi kerak, deb hisoblayman”, — deb ta’kidladi Tramp.

Milliarder, shuningdek, hozirda soatiga 7,25 dollar darajasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilishi tarafdori ekanligini bildirdi. Uning aytishicha, odamlar bu pullarga qanday yashayotganligiga aqli yetmas ekan.

Яндекс.Метрика