Tramp Buyuk Britaniyaga amaliy tashrif bilan yetib keldi

AQSh prezidenti Donald Tramp 12 iyulda Buyuk Britaniyaga amaliy tashrif bilan yetib keldi. U bu yerda 15 iyulgacha qoladi. Trampning samolyoti Stansted aeroportida qo'ngan. AQSh prezidentiga uning rafiqasi Melanya Tramp hamrohlik qilmoqda.

Tramp aeroportdan AQSh elchisining Ridjyents-parkdagi qarorgohiga vertolyotda yo'l olgan. U kechki payt Oksfordshir grafligidagi Blenxeym saroyiga Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey tomonidan uning sharafiga o'tkaziladigan kechki tanovulga yo'l olishi rejalashtirilgan. Bu saroy Malboro gersoglarining qarorgohi va Uinston Cherchill tug'ilgan joy hisoblanadi. 

13 iyulda Tramp va Mey Britaniya va AQSh harbiylari mashg'ulotlarida bo'lishadi. So'ngra ikki yetakchi Meyning Chekers qarorgohida muzokaralar o'tkazishadi. Ta`kiddlanishicha, tomonlar keng spektrdagi tashqi siyosiy masalalarni, jumladan, Rossiya, Brexit va Yaqin Sharqni hamda savdo munosabatlaridagi muammolarni muhokama qilishadi.

Muzokaralardan so'ng Tramp rafiqasi bilan Mey hamrohligida Vindzor saroyiga Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning qabuliga borishadi. Kechki payt Tramp Shotlandiyaga yo'l olib, u yerdagi o'ziga tegishli Trump Turnberry golf-kurortida yakshanbagacha qoladi.

Tramp 15 iyulda Shotlandiyadan Xelsinkiga jo'naydi va u yerda 16 iyulda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Trampning London va boshqa joylarga tashrifi vaqtida uning siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari, jumladan 13 iyulda Londonda “Trampni to'xtating” shiori ostida namoyish o'tkazish rejalashtirilgan. Unda 60 mingga yaqin kishi ishtirok etish istagini bildirgan. Bundan tashqari, London markazida 10 ming kishilik ayollar marshi bo'lib o'tadi.  

Avvalroq AQShning Buyuk Britaniyadagi elchisi Vud Jonson Tramp norozilik namoyishlaridan xavfsiramayotganini va “bor e`tiborini o'z tashrifi maqsadlariga qaratishini va shaxsiy fikrni erkin bildirish imkoniyatini ma`qullashini” aytgan.


Комментарии (0) | Добавить: 13.07.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

“Chempiondan kam emas!”. Xorvatiya terma jamoasi katta tantana bilan kutib olindi (foto)
Qoraytirilgan oynali avtotransport. Sharoit barchaga teng bo‘lishi kerak
Ronaldu Turinda! Futbolchi “Yuventus” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi (foto)
Putin Xelsinkiga keldi. Tramp ham shu yerda
“Xalqlar do‘stligi” saroyi rahbari Isroil G‘ulomov bilan suhbat
Sevimli telekanali o‘zbekchilikka zid film namoyish etgani uchun tomoshabinlardan uzr so‘radi
Shavkat Mirziyoyev yaqin vaqt ichida rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi
Dollarning rasmiy kursi 7800 so'mdan pastga tushdi
Tramp Rossiya bilan yomon munosabatlar sababini aytdi
Toshkentda shahrida muqobil televideniye efiri to'xtatildi
Frantsiya - Jahon chempioni!
Suvsiz shahardagi hayot
Kam uxlab, tiniqib uyg'onishning yo'lini bilasizmi
Bugun jahon chempioni nomi aniq bo‘ladi. JCh-2018. Final
Tarkanning oilasida qiz farzand dunyoga keldi
Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi
Ravshan Ermatov guruhi Toshkent Xalqaro aeroportida kutib olindi
Islom Karimovning ilk uchrashuvi. Tatyana Karimova xotiralaridan
Fazliddin G‘oibnazarov yengilmas bokschini mag‘lub etdi
Bugundan eng kam ish haqi 184 300 so‘m bo‘ldi
Po'lat Bobojonov Samarqandda. Kattaqo'rg'ondagi voqea yuzasidan yana 7 xodim ishdan bo'shatildi
Haqiqiy yetakchiga kerak bo'lgan 20 ta xususiyat va ko'nikma
JCh-2022 qishda o'tkaziladi
Qiziq fakt: Samarqand viloyatining 2001-yil 11-sentabrdan keyingi yetti hokimi hozirda yuqori lavozimlarda ishlamoqda
Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari o‘qituvchilar hamon majburiy mehnatga jalb etilayotganini aytdi (video)
“O'ztransgaz” AJ barcha hududiy gaz ta`minoti idoralarining faoliyatini yaxshilaydi
Koreyada ishlashni istovchilar uchun yangicha imtihonlar joriy etiladi
Kattaqo‘rg‘on IIBga yangi boshliq tayinlandi
Eng katta oila
Sud qarorlari internetda e’lon qilinadi