У нас есть только
оригинальные песни

Tramp Eronning «sinishi» haqida ma`lum qildi

calendar 31.08.2018
899

AQSh prezidenti Donald Trampning ma`lum qilishicha, Eron hukumati Qo'shma Shtatlar ma`muriyati xatti-harakatlari tufayli qulashi mumkin. Bu haqda u Bloomberg'ga bergan intervyusida aytdi.

«Men bu yerga kelganimda, ular (eronliklar) Yaqin Sharqda qachon ustunlikka erishishi haqidagi masala turgandi. Endi esa, ular omon qolishi bilan bog'liq masala kun tartibiga ko'tarildi. Bir yarim yil ichidagi katta farq», - deya aytib o'tdi Tramp.

Shu bilan birga, Qo'shma Shtatlar prezidenti aynan nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Ruhoniy AQSh Eron bilan yadroviy bitimdan nega chiqqanini ma`lum qilgandi.

Яндекс.Метрика