У нас есть только
оригинальные песни

Tramp «G7» sammitini erta tark etdi

calendar 10.06.2018
1079

AQSh prezidenti Donald Tramp iqtisodi eng taraqqiy etgan 7 ta davlat — AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Angliya, Kanada va Italiyaning bu yilgi Kanadaning Kvebek siti shahrida o‘tkazilgan sammitidan erta ketib qoldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Sammitning iqlim o‘zgarishi va ummonlarning bugungi holatiga bag‘ishlangan yig‘ilishlarida qatnashmagan Tramp ketishidan avval jurnalistlarning savollariga javob qaytara turib: «Sammitda muhokama etilgan eng muhim masala — bu savdo masalasi bo‘ldi», — dedi.

Shuningdek, Amerika rahbari sammitda migrantlar masalasi ham muhokama etilganini aytdi.

Tramp AQShning ayni paytda adolatsiz savdo musobaqasiga giriftor bo‘lganini yashirmadi. «Bunga boshqa birovlar emas, aynan Amerikaning sobiq rahbarlari aybdor», — degan Donald Tramp.

«G7» (Katta yettilik) sammitidan so‘ng Singapurga Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashish maqsadida tashrif buyurishini bildirgan Tramp dunyoning turli nuqtalaridan millionlab insonlar Koreya yarimorolini yadroviy qurollardan xoli hududga aylantirish tarafdori ekanini ma’lum qildi.

«Rossiyasiz G7 dan ko‘ra, oralarida Rossiya ham bo‘lgan G8 sammiti barcha uchun birday manfaatli», — dedi D.Tramp.

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama G8ni G7ga qisqartirgan edi.

Яндекс.Метрика