У нас есть только
оригинальные песни

Tramp g'olib bo'lsa, ketishga va`da qilgan mashhurlardan so'zlarida turish talab qilinmoqda

calendar 11.11.2016
1517

Agar AQShdagi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g'olib bo'lsa, AQShni tark etishga va`da bergan mashhur kishilardan va`dalarini bajarish so'ralmoqda. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

Jumladan, Xillari Klintonni qo'llab-quvvatlagan komedik aktrisalar Emi Shumer va Lina Danem Tramp g'olib bo'lsa Kanadaga ko'chib ketish bilan tahdid qilishgandi. Endi Tramp tarafdorlari internetda artistlarga yozib, ularning AQShni tark etish rejalari ustidan kulishmoqda.

Yulduzlar ustidan britaniyalik komik Riki Jyerveys ham hazil qildi. "Bugungi kun to'g'risidagi yagona kulgili narsa shuki, endi bu yulduzlar Kanadaga ko'chib o'tishlari kerak, aksincha ular yolg'onchi bo'ladilar", deb yozgan Jyerveys.

Shumer esa bu tahdid hazil bo'lgani va rasmiy xabardek qabul qilinishi kerakmasligini aytgan.

Klintonni qo'llab-quvvatlagan qo'shiqchi Sher esa Tramp g'olib bo'lsa Yupiterga jo'nab ketishini aytgandi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qo'shiqchining bu so'zlari ustidan ham kulishmoqda. Masalan, ular Sher suratlari bilan Yupiterda ko'chmas mulk sotilishi haqidagi reklamani chop etmoqdalar. 

Shuningdek, aktyor Brayan Krenston, qo'shiqchi va aktrisa Barbra Streyzand, aktyor Semyuel L.Jyekson, teleboshlovchi Jon Styuart ham AQShdan ko'chib ketish bilan tahdid qilgandilar.

Яндекс.Метрика