У нас есть только
оригинальные песни

Tramp Kane Uestni maqtadi

calendar 11.08.2018
876

Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning tvitterdagi o'z sahifasida yozishicha, amerikalik rep ijrochisi Kane Uestga «haqiqat»ni aytishga tayyorligi uchun minnatdordir.

Avvalroq, Uest Jimmi Kimmelning shousida Tramp tanqidchilariga «muhabbatdan bahra olishni» maslahat bergandi.

«Haqiqatni aytishga tayyor bo'lgani uchun Kane Uestga rahmat», - deya yozgan Tramp.

Shuningdek, Amerika prezidenti «yangi va ajoyib fakt»ga e`tibor qaratgan. Uning fikricha, AQShda hozirgi vaqtda qora tanli aholi orasida ishsizlik rekord darajada pastdir.

Trampning qo'shimcha qilishicha, Uestning qo'llab-quvvatlovi «juda ko'p narsani o'zgartiradi».

Яндекс.Метрика