У нас есть только
оригинальные песни

Tramp Kim Chen In bilan uchrashishga rozi bo‘ldi

calendar 09.03.2018
920

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Chon In Yon bayonot berdi, deb xabar qiladi TJournal.

Uning so‘zlariga qaraganda, Janubiy Koreya muzokaralarda vositachi bo‘lib, Kim Chen Inning uchrashuv taklifini Trampga yetkazgan. Oq Uy rahbari rozilik bildirgan.

Aytilishicha, uchrashuv 2018-yil mayiga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Яндекс.Метрика