У нас есть только
оригинальные песни

Tramp kortejiga hurmatsizlik qilgan ayol ishdan bo'shatildi

calendar 07.11.2017
1335

Velosipedda harakatlanish vaqtida yo'ldan o'tib ketayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp kortejiga qarata o'rta barmog'ini ko'rsatgan ayol ishini yo'qotdi. Bu haqda Huffington Post xabar tarqatdi.

Bundan avvalroq Oq uy fotosuratchisi Trampning kortejiga qarata qilingan hurmatsizlik aks etgan suratni namoyish etgandi. Bu surat internet bo'ylab tarqaldi. Ko'plar amerikalik ayolni «qahramon»ga chiqarishdi.

Xabar qilinishicha, ushbu 50 yoshli ayol Juli Briksmen o'zi faoliyat ko'rsatadigan kompaniyaga suhbatga chaqirilgan va unga kompaniya siyosatiga zid ish qilgani bildirilgan.

Uning bu alfozdagi surati davlat buyurtmalarini bajaruvchi kompaniyaga zarar keltirishi mumkin deb hisoblanilgan va u ishdan bo'shatilgan.

Яндекс.Метрика