У нас есть только
оригинальные песни

Tramp: Men prezident bo'lsam, AQSh boshqa davlatlardagi tuzumlarni ag'darishni bas qiladi

calendar 04.11.2016
1474

AQSh prezidentligi uchun saylovda Respublikachilar partiyasidan nomzod bo'lmish Donald Tramp va`da berdiki, agar u prezidentlikka saylanadigan bo'lsa, Qo'shma shtatlar boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashishni hamda rejimlarni ag'darish bilan shug'ullanishni bas qiladi.

"Biz faqatgina AQSh xavfsizligiga tahdid paydo bo'lgandagina harbiy kuchlardan foydalanamiz. Biz o'z chegaralarimizdan tashqarida demokratiya qurish bilan shug'ullanishni to'xtatamiz va boshqa davlatlardagi tuzumlarni boshqa ag'darmaymiz. Biz o'zimiz haqli bo'lmagan ishlarni qilmaymiz", degan u Selmada (Shimoliy Karolina) o'z tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida.

AQSh prezidentligi uchun saylov 8 noyabr kuni o'tkaziladi.

Ma`lumot uchun, The Washington Post (Hillari Klintonni qo'llab-quvvatlaydi) va ABC News (hech bir nomzodni qo'llab-quvvatlamaydi)ning birgalikdagi so'rovi 1 noyabr kuni, AQShdagi prezident sayloviga roppa-rosa bir hafta qolganida Donald Tramp AQShning sobiq davlat kotibi Klintonni bir foizga ortda qoldirayotganini ko'rsatdi. Tramp 2016 yil mayidan beri birinchi marta peshqadamlikni qo'lga oldi, bu hodisa Klintonning yozishmalarini tekshirish qayta boshlangani, shuningdek, FQB milliarder-nomzodning Kreml bilan aloqalari haqida hech qanday dalil topa olmagani haqidagi xabarlar ortidan yuz berdi.

Яндекс.Метрика