У нас есть только
оригинальные песни

Tramp: Obama KXDR bilan urushga tayyor turgan

calendar 15.06.2018
1053

AQSh prezidenti Donald Trampning ma`lum qilishicha, Qo'shma Shtatlar sobiq rahbari Barak Obama Shimoliy Koreya bilan urushga tayyor turgan. Tramp bu haqda tvitterdagi sahifasida yozdi.

«Men prezident Obama bilan ochiqchasiga gaplashganimda, u KXDR bilan urushni boshlashga tayyor turgani oydinlashgandi», - deya Tramp o'zining Fox News telekanaliga bergan intervyusidan parchani keltirgan.

Boshqa bir tvitda u 12 iyun kuni Singapurda bo'lib o'tgan sammit vaqtida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan yaxshi munosabatlar o'rnatganini aytib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Kim Chen In Singapurdagi sammitdan so'ng darhol KXDRga yetib borgani xabar qilingandi. 

Яндекс.Метрика