У нас есть только
оригинальные песни

Tramp Obama Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalarni dastlabki vaqtlarda saqlab turmoqchi

calendar 14.01.2017
969


AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp davlat rahbari lavozimiga kirishgach, dastlabki vaqtda Barak Obama ma’muriyati tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni o‘z kuchida qoldirmoqchi, deb yozadi “TASS”.

Tramp ularni “hech bo‘lmaganda biroz vaqt davomida” kuchda qoldirish niyatini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u Moskva terrorizmga qarshi kurashdagi va AQSh uchun muhim bo‘lgan boshqa maqsadlarga erishishdagi foydaliligini isbotlay olsa, sanksiyalarni bekor qilishi mumkinligini aytdi.
“Agar sen Rossiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lsang va Rossiya haqiqatda bizga yordam berayotgan bo‘lsa, sanksiyalarni saqlab turish kimga kerak?” — dedi Tramp.
Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Rossiya bilan IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash kabi sohalarda hamkorlik qilish kerakligi to‘g‘risida bir necha marta aytib o‘tgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Яндекс.Метрика