У нас есть только
оригинальные песни

Tramp Obamaning yana bir qonunini bekor qildi

calendar 01.03.2017
1600

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Barak Obamaning "Toza suv to'g'risida"gi qonunini bekor qilish farmoniga imzo chekdi. Mazkur qonun nafaqat respublikachilar, balki Amerika qishloq xo'jaligi vakillari tomonidan bir necha yillar davomida keskin tanqid qilinadi. Trampning ushbu qarori haqida Oq uy xabar qilmoqda. 

"Biz mamlakatimizni ozod qilishni xohlaymiz va bu juda ekologik yo'l bilan hal etiladi", — deya ishontirgan Tramp farmonni imzolash chog'ida. Uning qayd etishicha, farmon millionlab ish o'rinlarini barpo etishga yordam beradi. 

Obama qonuni mamlakatdagi barcha suv zaxiralari, hatto daryolarning qurib qolgan irmoqlari, botqoqlik kabi hududlarni ham AQSh atrof-muhit agentligi nazoratiga topshirishni ko'zda tutar edi. 

Amerika matbuoti Obama qonunining bekor qilinishini, Trampning avvalgi ma`muriyat ekologik tashbbuslariga qarshi yurishining debochasi deb baholamoqda.

Яндекс.Метрика