У нас есть только
оригинальные песни

Tramp Putin bilan o‘zaro chiqishib ketishiga amin emas

calendar 05.02.2017
1465

AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan munosabatlari izga tushib ketishiga hozircha amin emas. Bunday fikrni u FoxNews telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

Oq uy xo‘jayiniga u Rossiya prezidentiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishda davom etish-etmasligi haqida savol berildi. “Shunday deyaqolay: Rossiya bilan murosa qilmagandan ko‘ra, murosa qilgan yaxshiroq. Agar Rossiya bizga IShID bilan, butun dunyodagi terrorizm bilan kurashda yordam bersa, bu yaxshi bo‘ladi”, — deb javob berdi Tramp.

“U bilan chiqishib keta olamanmi? Mutlaqo bilmayman”, — deya qo‘shib qo‘ydi respublikachi.

Unga G‘arbning Rossiya va uning rahbariyatiga qaratilgan ayblovlarini eslatishganida esa Tramp AQShni axloq jihatidan benuqson tomon deb bo‘lmasligini ta’kidladi. “Siz o‘ylaysizki, bizning mamlakatimiz begunohmi?” — deya ritorik savol berdi u.

Яндекс.Метрика