У нас есть только
оригинальные песни

Tramp: Rossiya menga qarshi kurashga anchagina pul sarflagan

calendar 11.08.2017
1089

AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirmagani haqida navbatdagi marta aytib o'tdi va Rossiya unga qarshi kurashga “anchagina pul” sarflaganini qo'shimcha qildi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.

“Biz va Rossiya o'rtasida maxfiy kelishuv bo'lmagan. Aslida aksi bo'lgan. Rossiya menga qarshi kurashga anchagina pul sarflagan”, deb aytdi Tramp.

Trampning aytishicha, Moskvaga «AQSh yangi ma`muriyatining o'z armiyasini kuchaytirishga urinishlari yoqmaydi”.

Avvalroq Tramp uning saylovoldi shtabining Rossiya bilan ehtimoliy aloqalarini tergov qilayotgan maxsus prokuror Robert Myullerni o'z lavozimidan bo'shatish haqida umuman o'ylamaganini aytgandi.

Яндекс.Метрика