У нас есть только
оригинальные песни

Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi

calendar 18.02.2018
1045

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma`lum qildiki, Federal qidiruv byurosi (FQB) «Rossiyaning saylovlarga aralashuvi» bilan shu qadar band bo'lmoqdaki, buning oqibatida Floridadagi fojianing oldi olinmay qoldi.

«Afsus, FQB Floridada shunday xunrezdikka tayyorgarlik ko'rilayotgani haqidagi ogohlantirishlarga e`tiborsizlik bilan qaragan. Axir bunga yo'l qo'yib bo'lmasdi»,— dech yozgan Tramp Twitter sahifasida

«Ular (byuro xodimlari.— tahr) Rossiyaning Tramp kampaniyasi bilan aloqalarini juda uzoq tekshirishmoqda. Holbuki, hech qanday gap yo'q.»,— deya qayd etgan u.

«O'z ishingiz bilan mashg'ul bo'ling va bizni mag'rurlantiring!» — deya fikrlarini yakunlagan amerikaliklar prezidenti.

Eslatib o'tamiz, 14 fevral kuni AQShning Parklend shahridagi (Florida shtati) Marjory Stoneman Douglas maktabida sobiq o'quvchi otishma uyushtirdi, oqibatda 17 kishi halok bo'ldi. Ushbu 19 yoshli jinoyatchi voqea joyidan qochib ketishga uringanida qo'lga olindi.

FQB xodimlari oldinroq Parklend shahridagi maktabda 17 kishining umriga zomin bo'lgan Nikolas Kruz jamiyat uchun xavfli ekanligi haqidagi ogohlantirishga e`tibor bermaganini tan olgandi.

Ma`lum bo'lishicha,  joriy yil 5 yanvarida byuroga noma`lum shaxs qo'ng'iroq qiladi va Kruz ijtimoiy tarmoqlarda kishini  xavotirga soluvchi yozuvlar qoldirayotgani, maktabda otishma uyushtirishi mumkinligi haqida xabar beradi.

Florida shtati gubernatori Rik Skott Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Kristofer Rey iste`fosini talab qildi.

«Qotilga qarshi FQB chora ko'rishni uddalay olmaganiga chidab bo'lmaydi. Xatoning tan olingani muammoning yechimi emas. FQB direktori iste`fo berishi lozim», — degandi gubernator.

Яндекс.Метрика