У нас есть только
оригинальные песни

Tramp shu hafta Oq uyda iftorlik tashkil qiladi

calendar 04.06.2018
940

AQSh prezidenti Donald Tramp shu hafta Oq uyda iftorlik dasturxonini yozadi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Amerika prezidentlarining har yili Oq uyda ramazon oyida iftorlik dasturxoni yozish an’anasiga o‘tgan yili Donald Trampning o‘zi chek qo‘ygan edi.

Lekin bu an’ana yana davom ettiriladigan bo‘ldi.

Iftorlik dasturxoni chorshanba, 6-iyun kuni yozilishi kutilyapti. Biroq hanuzgacha iftorlikka taklif etiladigan kishilarning ro‘yxati tuzilmagan.

Oq uyda iftorlik dasturxoni yozish an’anasini Bill Klinton joriy qilgan edi. Undan so‘ng Jorj Bush va Barak Obama ham bu an’anani davom ettirdi.

Яндекс.Метрика