У нас есть только
оригинальные песни

Tramp Suriyadagi Rossiya obyektlariga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqqan

calendar 16.04.2018
943

Amerika prezidenti Donald Tramp Suriya hududiga zarba berishning bir nechta variantlarini ko‘rib chiqqan, ulardan biri Rossiya va Eron obyektlarini vayron qilishni ko‘zda tutgan. Bu haqda The Wall Street Journal vaziyat bilan tanish bo‘lgan manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi“Gazeta.ru”.

Pentagon rahbari Jeyms Mettis Amerika yetakchisiga operatsiyalarning uchta variantini taklif qilgan. Ulardan eng konservativi go‘yoki Suriyadagi kimyoviy qurol ishlab chiqishga aloqador bir nechta nishonlarga zarba berilishini nazarda tutgan. Ikkinchi ssenariyga ko‘ra, bunday obyektlar soni oshirilishi kerak, bundan tashqari, zarbalar Suriya armiyasining qo‘mondonlik punktlariga ham berilishi kerak. Operatsiyalarning eng radikal varianti Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa obyektlariga hujumni ko‘zda tutgan, u Suriya rejimining harbiy salohiyatini barbod qilishi kerak edi.

Trampning o‘zi maslahatchilariga Suriya harbiy texnikasini yo‘q qilish zarur bo‘ladigan bo‘lsa, mamlakat hududidagi Eron va Rossiya obyektlariga zarbalar berish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etgan. Mettis javob harakatlari xavfi haqida ogohlantirib, bunday ssenariyga qarshi chiqqan. Oxir-oqibat Amerika prezidenti Suriyaning kimyoviy obyektlaridagi 100 dan ortiq qanotli raketalarni yo‘q qilishni o‘z ichiga olgan gibrid variantda to‘xtalgan.

Яндекс.Метрика