У нас есть только
оригинальные песни

Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi

calendar 10.09.2018
3522

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning boshqa davlatlar tomonidan talon-taroj qilinishi davri endilikda o'tmishda qolganini aytdi. Tramp bir qator davlatlardan import qilinuvchi mahsulotlarga bojlar kiritish qaroriga izoh berish vaqtida shunday so'zlarni aytib o'tdi. Tramp AQShning savdo hamkorlarini noinsof siyosatda ayblagan.

Uning aytishicha, AQSh bilan teng bo'lmagan sharoitlarda savdo qiluvchi Xitoyning iqtisodiy siyosati noinsof hisoblanadi. 

“Agar AQSh Xitoyga mashina sotsa, unda 25 foiz soliq to'lashi kerak. Xitoy AQShga mashina sotganda esa soliq 2 foizni tashkil qiladi. Kim buni halol deb hisoblaydi? Boshqa davlatlar Amerikani talon-taroj qilgan kunlar tugadi”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Avvalroq AQSh Xitoydan import qilinuvchi 50 mlrd dollarlik, so'ngra yana 16 mlrd dollarlik tovarlarga nisbatan boj kiritgandi. Sentyabrda yana 200 mlrd dollarlik mahsulotlarga boj kiritish rejalashtirilmoqda.

Яндекс.Метрика