У нас есть только
оригинальные песни

Tramp Yevropa avtomobillariga soliq joriy etish bilan tahdid qildi

calendar 04.03.2018
661

Yevroittifoq Amerika kompaniyalari uchun bojlarni oshirishda davom etgan taqdirda Yevropa avtomobillari uchun soliq joriy etiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.

 

“Yevroittifoq u yerda ishlayotgan Amerika kompaniyalari uchun, bundan ham yuqori tariflar va to‘siqlar qo‘yishda davom etsa, biz ham hozir AQShga erkin kiritilayotgan mashinalarga soliq qo‘llaymiz”, — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Trampga ko‘ra, Yevroittifoq Amerika avtomobillarining Yevropada sotilishini imkonsiz holatga keltirdi va bu bozorda muvozanat buzilishiga olib keldi.

 

Яндекс.Метрика