У нас есть только
оригинальные песни

Trampning reytingi rekord darajada pastladi

calendar 20.05.2017
1233

AQSh prezidenti Donald Trampning shundoq ham uncha yuqori bo'lmagan reytingi uning inauguratsiyasidan keyingi eng rekord past natijaga tushib ketdi. Ipsos markazi tahlilchilari so'rovnoma natijalari asosida shunday fikrga keldilar.  

Ularning ma`lumotlariga ko'ra, Trampning xatti-harakatlarini 38 foiz amerikaliklar qo'llab-quvvatlaydi, 6 foiz amerikaliklar bir qarorga kelisha olmagan, qolgan 56 foiz amerikaliklarga Trampning qarorlari yoqmaydi.  

Reuters axborot agentligining fikricha, so'rovnoma natijalari "Oq uydagi jo'shqin hafta"ga odamlarning munosabati bo'lishi mumkin. Bunda OAVda Tramp tomondan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga maxfiy ma`lumotning berilishi haqida xabar qilinishi, FQBning sobiq direktori Jyeyms Komining bayonoti va Trampning Rossiya bilan aloqalari borligiga gumonlarning davom etayotgani nazarda tutilmoqda.

So'rovnoma 14-18 may kunlari o'tkazilgan va unda 1971 kishi ishtirok etgan.

Яндекс.Метрика