У нас есть только
оригинальные песни

Trampning soch turmagi siri ochildi

calendar 04.01.2018
1923

AQSh prezidenti Donald Trampning soch turmagi hozirgi ko'rinishda bo'lishi — soch ko'chirib o'tkazish jarayoni natijasidir. Bu haqda jurnalist Maykl Vulf Trampning qizi Ivankaga asoslanib «Olov va g'azaba: Trampning Oq uyi» deya nomlangan kitobida yozgan. Uning so'zlari The New York Post nashri tomonidan keltirilgan.

«U do'stlariga otasining sochi haqida bir necha marta gapirib bergan. Soch ko'chirib o'tkazilgandan keyin bosh atrofi jingalak sochlar bilan o'raladi. Bu soch tolalari markazni yopish uchun yuqoriga harakatlantiriladi. Ular tepaga taraladi va gel surtiladi», — deya yozgan Vulf.

«Sochning bunday rangda bo'lishining ham qiziq tarixi bor. Bunga Just for Men vositasi sababchi: uni sochda qancha uzoq vaqt ushlab turilsa, soch kerakli rangga kiradi, ammo Tramp sabrsizlik qilgan va shunday oq-sarg'ish rang paydo bo'lgan», — degan yozuvchi.

Яндекс.Метрика